107 yoshli amerikalik uzoq umr koʻrish sirini ochdi
Foto: localnews8.com
AQSHning Aydaxo shtatida yashovchi 107 yoshli Naomi Uayld uzoq umr koʻrish sirini ochdi.
U oʻzining 107 yoshini oilasi va doʻstlari davrasida nishonlagan, bayram sharafiga ular bilan baliq ovlagan va hatto tuyada sayr ham qilgan.
Uayld baxtni uzoq umrning asosiy siri deb atadi.
“Siz xushchaqchaq va baxtli boʻlishingiz kerak. Doʻstlar va oilaga ega boʻlishdan yaxshiroq narsa yoʻq, shu bois odamlar birga boʻlishni xohlashadi. Va agar siz gʻamgin boʻlsangiz yoki ular hayotdan norozi boʻlsa yoki hech kim sizning yoningizda boʻlishni xohlamasa, nega shunchalik uzoq yashashingiz kerak?” deydi Uayld.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring