104 million soʻmlik supurgi

17:19 15 Dekabr 2019 Jamiyat
1016 0

Fargʻona viloyatining Bagʻdod tumani IIBga Qoʻqon shahrida yashovchi fuqaro I.I. ariza bilan murojaat qildi.

Fuqaroning murojaatida aytilishicha, joriy yilning may oyida tanishi, Bagʻdod tumanida istiqomat qiluvchi M.H. supurgi mahsulotlarini yetkazib berishni vaʼda qilib, undan 104 million soʻm pul oladi. Ammo M.H. vaʼdasini bajarmasdan, olingan pulni oʻz ehtiyoji uchun ishlatib yuboradi, deb yozadi Postda.uz.

Hozir holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер