“103” avtomobillaridan qaysi hududda eng koʻp foydalanilmoqda?
Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoit Gʻafurovning aytishicha, “103” tizimida eng koʻp tez yordam mashinasi Samarqand viloyatiga toʻgʻri keladi. Hozir bu hududda 316 ta maxsus tez tibbiy yordam avtomobili mavjud.
Undan keyingi oʻrinni 309 ta avtomobil bilan Fargʻona viloyati band etgan.
Shuningdek, Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida “Tez yordam” mashinalari soni 250 tadan, Toshkent shahri, Namangan, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida 200 tadan yuqori.
Taʼkidlash lozimki, hududlardagi tez tibbiy yordam mashinalari miqdori u yerdagi aholi soni va joylashuviga koʻra taqsimlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring