10 marotaba radarga tushgan haydovchining avtokreditga olgan mashinasi jarima maydoniga olib kirildi
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Paxtaobod tumanida yashovchi fuqaro R.A. “Hamkorbank” ATB Andijon mintaqaviy bank xizmatlari ofisida kredit shartnomasi tuzib, “Hyundai Tucson” avtomobilini sotib olgan edi. Avvaliga toʻlovni oʻz vaqtida toʻlab yurdi. Keyinchalik bu boradagi masʼuliyat chetga surildi. Natijada, uning bankdan qarzdorligi 237,4 mln. soʻmga yetdi.
— Bugina emas, — deydi Byuroning Paxtaobod tuman boʻlimi davlat ijrochisi Bekzod Qobilov. — Maʼlum boʻlishicha, fuqaroga yoʻl harakati qoidalariga amal qilmaganligi uchun 10-marta 4,4 mln. soʻm miqdorida jarima ham qoʻllanilgan.
Amaldagi tartiblarga rioya qilmaslik, fuqaroga bildirilgan ishonchni oqlamaslik unga tegishli boʻlgan avtomashinani jarima maydoniga olib kirilishiga sabab boʻldi. Tez orada uni realizatsiya qilish orqali qarzni undirish chorasi koʻriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring