1-sinf oʻquvchilari fevral oyida qoʻshimcha bir haftalik taʼtilga chiqadi

18:13 08 Fevral 2020 Jamiyat
2871 0

Arxiv surat

1-sinf oʻquvchilarining fevralda qoʻshimcha taʼtilga chiqishi maktablar maʼmuriyati tomonidan belgilanadi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi.

Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida 1-sinf oʻquvchilariga qoʻshimcha taʼtil berilishi lozim.

Xususan, 1-sinf oʻquvchilari fevral oyi davomida qoʻshimcha bir haftalik taʼtilga chiqishlari koʻzda tutilgan.

Bildirilishicha, taʼtil fevral oyining aynan qaysi kunlariga toʻgʻri kelishi har bir maktab maʼmuriyati tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер