1-sentabrdan pensiya va nafaqalar 10 foizga oshirildi
1-sentyabrdan boshlab, pensiyalar, bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga, zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqalar miqdori 1,1 barobarga oshdi.
Oʻrtacha pensiya miqdori 764 ming soʻmdan 841 ming soʻmgacha koʻtarildi.
Bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladigan nafaqa miqdori amaldagi 466 680 soʻmdan 513 350 soʻmgacha koʻpaydi.
Pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga ega boʻlmagan, hayoti davomida Pensiya jamgʻarmasiga umuman badal toʻlamagan 37,5 ming nafar keksa fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 315 030 soʻmgacha oshirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring