1-sentyabrdan kontraktlar oshadimi?

14:10 24 Avgust 2019 Jamiyat
1500 0

Koʻpchilikni qiziqtirayotgan ushbu savolga huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning oʻz telegram kanalida quyidagicha javob berdi:

“• Prezident Farmoni bilan 1-avgustdan ish haqlari 10%ga oshirildi. Qoidaga koʻra, agar respublikada ish haqlari oshsa, unda talabalarning toʻlov-kontrakt narxlari ham oshadi. Chunki kontraktlar eng kam oylik ish haqiga bogʻlab qoʻyilgan;

  • qonunchilikka binoan, ish haqlari oshganda kontraktlar miqdori oʻsha zahoti oʻzgarmaydi, balki keyingi semestrdan boshlab oshadi. Yangi semestr 1-sentyabrdan boshlanadi. Demak, umumiy qoidalar boʻyicha xulosa qiladigan boʻlsak, 1-sentyabrdan boshlab talabalar uchun kontraktlar ham oshadi;
  • ammo Davlat qabul komissiyasi toʻlov-kontraktlar boʻyicha yangi qaror qabul qilishi kutilmoqda. Sababi 1-sentyabrdan “eng kam ish haqi” degan tushuncha bekor boʻlmoqda. Shunga koʻra, kontraktlar miqdorini boshqacharoq koʻrinishda belgilash zaruriyati bor. Katta ehtimol bilan endi kontraktlar EKIHga emas, “bazaviy hisoblash” miqdoriga bogʻlab qoʻyilsa kerak;
  • Shuningdek, 17.06.2019-yildagi PQ-4359-sonli Prezident qaroriga (https://t.me/xushnudbek/2521) asosan, 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan barcha bosqich talabalariga, oʻz xohishlariga koʻra kontrakt qiymatini stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda toʻlash huquqi berildi. Ammo yangi oʻquv yili boshlanishiga 1 hafta muddat qolishiga qaramay, buning tartibi maʼlum emas, yaʼni stipendiyasiz shaklda kontrakt toʻlayotgan talaba qaysi qiymatdagi (3, 4 yoki 5lik) stipendiyani chegirib qolish huquqiga ega, oʻzi olayotgan qiymatda boʻladimi yoki hamma uchun umumiy bir xil miqdor belgilanadimi, bunisi hozircha rasman eʼlon qilinmadi;
  • super-kontrakt narxlari ham hozircha nomaʼlum;
  • 1-sentyabrdan “bazaviy hisoblash” miqdori 223 ming soʻm boʻladi. Shunga koʻra, quyidagi jadvalda kontraktlarining 1-sentyabrdan kutilayotgan yangi miqdorlari bilan tanishishingiz mumkin.

Mavzuga oid rasmiy xabarlar boʻlishi bilan, kanalim orqali xabar berishga harakat qilaman”, - deydi u.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер