1-sentyabrdan boshlab elektron onlayn-auksionlar tartib-taomillarining yagona tartibi joriy etiladi

14:19 23 Avgust 2021 Iqtisodiyot
952 0

“E-auksion” elektron savdo platformasidagi elektron onlayn-auksionlar tartib-taomillarining yagona tartibi joriy etiladi.

Bunda:

➖ ishtirokchilarga, shu jumladan chet el fuqarolariga auksionda qatnashish uchun elektron raqamli imzo kaliti sertifikati masofadan turib, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan bepul taqdim qilinadi;

➖ obyektlarni auksionga chiqarish uchun toʻlanadigan yigʻim bekor qilinadi;

➖ auksion oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabar u oʻtkaziladigan kundan 30 kun oldin eʼlon qilinadi;

➖ xabar eʼlon qilingan paytdan boshlab auksion jarayoni yakuniga qadar ishtirokchilarga obyektni sotib olish boʻyicha auksion qadamiga bogʻlanmagan oʻz narx taklifini kiritish huquqi beriladi;

➖ sotilgan obyektning qiymati BHMning 5 ming baravarigacha boʻlganda, toʻlovlarni 10 ish kuni, 5 ming baravariga teng yoki undan ortiq boʻlganda toʻlovlarni 15 ish kuni mobaynida toʻlash imkoniyati yaratiladi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno;

➖ auksion gʻolibi toʻlovlarni toʻlashdan bosh tortgan taqdirda, gʻolib hamda uning toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsischilari auksionlardan chetlatiladi (toʻlovlarni toʻlamaslik holati birinchi marta sodir etilganda bir yil muddatga, ikkinchi marta takrorlansa muddatsiz davrga).

➖ auksionga chiqarilgan obyektlarni sotishga va oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirishga faqat auksionda kamida ikkita ishtirokchi qatnashganda ruxsat beriladi.

Mazkur tartib elektron savdo platformasi orqali sotilishi yoki ijaraga berilishi belgilangan barcha turdagi aktivlarga nisbatan tatbiq etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер