1-oktyabrdan mobil telefon raqamini oʻzgarishsiz boshqa kompaniyaga oʻtkazish mumkinligi haqidagi xabar asossiz — vazirlik
Joriy yil 1-oktyabrdan mobil telefon raqamini saqlagan xolda boshqa aloqa kompaniyasining xizmatlaridan foydalanish mumkinligini haqidagi gaplar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.
Biroq bunday imkoniyat yaqin kelajakda paydo boʻlishi kutilmoqda. Bu haqda AKT vazirligi matbuot kotibi Sherzod Ahmatov AOKAda oʻtkazilgan brifingda maʼlum qildi.
“Ijtimoiy tarmoqlarda bu kabi gap-soʻzlarning tarqalishiga «Telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi normativ-huquqiy hujjat Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani, hujjatga koʻra, mobil aloqa operatori oʻzgarganda raqamlari oʻzgarmay qolishi haqidagi xabarlar sabab boʻlgan.
Mazkur normativ hujjat joriy yil 31-iyul kuni qabul qilingan boʻlsa-da, 1-oktyabrdan kuchga kirishi belgilangan. Ammo hujjat kuchga kirdi degani, unda keltirilgan xizmatlar ham oʻsha zahoti kuchga kirishini anglatmaydi», — dedi Ahmatov.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring