1-oktabr — bayram arafasida necha kun dam olinadi?
Mehnat kodeksiga koʻra, 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni ishlanmaydigan bayram hisoblanadi.
Bu yil 1-oktyabr yakshanbaga toʻgʻri kelmoqda, yakshanba esa umumiy dam olish kuni.
Dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga toʻgʻri kelganda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga koʻchiriladi.
Yaʼni, xodimlar 1-oktyabr bayram boʻlganligi uchun dam oladi, yakshanba dam olish kuni esa dushanbaga koʻchiriladi.
Shunda:
— 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar 3 kun – 30-sentyabr (shanba), 1-oktyabr (yakshanba) hamda 2-oktyabr (dushanba) dam oladi.
— 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar esa 2 kun – 1-oktyabr (yakshanba) hamda 2-oktyabr (dushanba) dam oladi.
Ushbu qoida barcha xodimlar uchun – xususiy korxonalarda ishlaydiganlar uchun ham, davlat ishida ishlaydiganlar uchun ham amal qiladi.
Uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat koʻrsatish, navbatchilik asosida ishlash zarurati boʻlgandagina dam olish kuni koʻchirilmaydi.
Ushbu qoida Prezidentning 2022-yil 23-dekabrdagi Farmonida ham belgilab qoʻyilgan.
Oylik bayramdan keyin beriladimi?
Oylik (ish haqi) toʻlanadigan kun dam olish kuniga yoki ishlanmaydigan bayram kuniga toʻgʻri kelib qolganda ish haqi ushbu kunlar arafasida toʻlanadi.
Oylik toʻlash muddati jamoa shartnomalarida belgilanadi, aksariyat jamoa shartnomalarida oylik beriladigan kun sifatida yangi boshlangan oyning 1-kuni belgilangan, shunday holatlarda oylik 1-oktyabrdan oldin toʻlanishi kerak.
Oylik olish vaqti kechiktirilsa, kechiktirilgan har bir kun uchun Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 10 foizi miqdorida kompensatsiya toʻlanishi kerak.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring