1 mingta eksportchi korxonaning koʻp million dollarlik muddati oʻtgan debitor qarzdorligi bor
Prezident raisligida qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat tarmoqlarida investitsiyalar va eksportni koʻpaytirish yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
Eng koʻp eksport boʻladigan 10 turdagi mahsulotning ulushi jami meva-sabzavot eksportida 60 foizni tashkil qiladi.
Oʻrganishlar davomida tadbirkorlar qayd etganidek, tannarx balandligi, ayrim “uddaburonlar” daromad ortidan quvib, qadoqlashda sifatsiz mahsulot qoʻshib yuborayotgani oqibatida tashqi bozorda Oʻzbekiston mahsuloti nufuziga putur yetmoqda.
Yoki, 1 mingta eksportchi korxonaning koʻp million dollarlik muddati oʻtgan debitor qarzdorligi bor. Jumladan, 33 ta tumanda eksportdan debitor qarzdorlik qolgan hududlardan ancha yuqori.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring