1-iyundan bozorlarimizdagi narx-navolar qanday?
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi narx-navoni oʻrganishda davom etmoqda. Quyida 1-iyun holatiga koʻra zaruriy oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarning eng arzon va qimmat narx-navolari bilan tanishishingiz mumkin.
Tibbiy niqob: Andijon va Namangan viloyatida 500 soʻm, Toshkent shahrida 6 ming soʻm.
Antiseptik gel: Andijonda 700 soʻm boʻlsa, Navoiy, Surxondaryo va Toshkent viloyatida 20 ming soʻmgacha.
Mahalliy un birinchi navi: Toshkent viloyatida 1700 soʻm, Toshkent shahrida 6 ming soʻmni tashkil etmoqda.
Qolipli non: Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Andijon viloyatlarida 1250 soʻm, Navoiy, Toshkent viloyatida 2 ming soʻm.
Makaron: Qoraqalpogʻistonda 2500 soʻm, Buxoro viloyatida 10 ming soʻm.
Shakar: Andijon viloyatida 4 ming soʻm, Navoiy, Samarqand viloyatlarida va Toshkent shahrida 7 ming soʻm.
Oʻsimlik yogʻi: Toshkent shahrida 7500 soʻmdan 15300 soʻmgacha.
Xoʻjalik sovuni: Fargʻonada 1000 soʻm, Toshkent shahrida 4 ming soʻm.
Tuxum: Qoraqalpogʻiston va Andijonda 500 soʻm, Toshkent shahrida 1200 soʻm.
Mol goʻshti: Qoraqalpogʻiston Respublikasida 37 ming soʻm boʻlsa, Toshkent shahrida 70 ming soʻm.
Qoʻy goʻshti: oʻrtacha hisobda Toshkent shahrida 39 mingdan 75 ming soʻmgacha.
Tovuq goʻshti: Namangan viloyatida 10 ming soʻm, Toshkent viloyatida 30 ming soʻm.
Guruch: Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida 3 ming soʻmdan, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 16 ming soʻmdan.
Kartoshka: Surxondaryo viloyatida 1000 soʻm, Toshkent viloyatida 6500 soʻm.
Piyoz: Surxondaryoda 500 soʻm, Toshkent viloyati va Samarqand viloyatida 4 ming soʻm.
Sabzi: Surxondaryoda 500 soʻm, Buxoro, Navoiy, Samarqand viloyatlarida va Toshkent shahrida 2500 soʻmgacha.
Sarimsoq piyoz: Qashqadaryoda 10 ming soʻm, Fargʻonada 9 ming soʻm,Toshkent viloyatida 80 mingdan sotilgan boʻlsa, Samarqand viloyatida 90 ming soʻmgacha sotilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring