1-iyuldan Yevropa 18 mamlakat uchun chegaralarni ochmoqda
Yevropa Ittifoqining Doimiy vakillar qoʻmitasi 1-iyuldan boshlab chegaralarini ochadigan 18 mamlakat roʻyxatini eʼlon qildi.
Bu haqda “TASS” Bryusseldagi diplomatik manbaga asoslanib xabar bermoqda.
Ammo Rossiya va AQSH uchun Yevropa chegaralari 1-iyuldan keyin ham yopiq qoladi. Taʼkidlanishicha, bunday qaror epidemiologik mezonlarga muvofiq qabul qilingan
“Bloomberg” xabariga koʻra, 1-iyuldan boshlab Yevropa Ittifoqi Kanada, Yaponiya, Janubiy Koreya uchun ochiladi.
Maʼlumotlarga qaraganda, hozirda ushbu roʻyxatga Xitoyni kiritish borasida munozaralar davom etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring