Tadbirkorlar huquqini buzgan 800 nafarga yaqin mansabdor javobgarlikka tortildi Bugun AOKAda Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani oʻtkazildi. Maʼlum qilinishicha, tadbirkorlik subyektlari manfaatida sudlarga jami 179ta daʼvo arizasi va shikoyat bilan murojaat etildi. Shundan: iqtisodiy va fuqarolik ishlar boʻyicha sudlarga 60 mlrd soʻmlik 75ta daʼvo; ▫️ maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlarga 60ta shikoyat arizasi ▫️ kassatsiya va nazorat tartibida 44ta shikoyat kiritildi. Qoʻllanilgan taʼsir choralari natijasida qonunbizilishi holatlariga yoʻl qoʻygan mansabdor va masʼul shaxslarning 778 nafari maʼmuriy javobgarlikka tortilgan boʻlsa, 502 nafariga intizomiy jazo choralari qoʻllanilgan hamda davlat organlari va tashkilotlarining 345 ta noqonuniy qaror va hujjatlari bekor qilindi. Shuningdek, sudlarga kiritilgan daʼvo ariza va shikoyatlar asosida 44,4 mlrd soʻmlik qarzdorlikni undirish va 45 ta gʻayriqonuniy qarorni haqiqiy emas deb topish haqida sud qarorlari qabul qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4938-son qarori qabul qilindi.
Unga koʻra, 2021-yil 1-fevraldan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda stipendiyalar miqdori 1,1 barobarga oshiriladi.
Qarorga asosan 2021-yil 1-fevraldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida:
mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – oyiga 747 300 soʻm;
bazaviy hisoblash miqdori – 245 000 soʻm;
Bola ikki yoshga toʻlgunga qadar bola parvarishi boʻyicha nafaqa - 434 000 soʻm;
Kam taʼminlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam - 326 000 dan 653 000 soʻmgacha
14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa
bitta bolali oilalarga – 144 100 soʻm
ikkita bolali oilalarga – 238 700 soʻm
uchta va undan ortiq bolali oilalarga - 334 400 soʻm
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam - 434 000 dan 1 085 000 soʻmgacha oshirilishi belgilandi.
Bundan tashqari joriy yilning 1-fevralidan pensiya va nafaqa oluvchilarning faxriy unvon uchun toʻlov miqdori Qarorga asosan 1.1 barobarga oshirildi.
Maʼlumot uchun:
Ushbu qaror 2021-yil 1-fevraldan ish haqi, nafaqa 10 foizga oshirilishi haqida:
Bu Prezidentning “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarorida koʻzda tutilgan.Ushbu qarorda, avvalo, 2021-yilgi davlat byudjetini ijroga qaratish bilan bogʻliq.
Mavjud anʼanaga koʻra, hali pensiya va nafaqa miqdorini oshirish boʻyicha davlat rahbarining alohida farmon yoki qarori chiqishi lozim.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring