Olmazor tumanidagi qurilishi yakunlanmagan masjidda yongʻin sodir boʻldi
Foto: www.google.com
Joriy yilning 8-fevral kuni soat 18:39da Olmazor tumani “Umid” mahallasi, Qoraqamish 2/3-dahasi 21-uy manzilida joylashgan qurilishi tugatilmagan “Siroj Solih” jomeʼ masjidining ichki va shift qismi 60 kv.m maydonida yongʻin sodir boʻlgan.
Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati maʼlum qilmoqda.
Yongʻin qutqaruv guruhi soat 18:46da hodisa joyiga yetib borgan. Soat 18:56da alanga qurshab olinib, soat 19:39da toʻliq oʻchirilgan.
Yongʻin payvandlash jarayonida yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmaslik oqibatida yuzaga kelgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi qurilish obyektlarida ishchilar oʻrtasida yongʻin xavfsizligi qoidalari boʻyicha yoʻriqnoma oʻtkazilishi, shuningdek, mazkur obyektlar birlamchi oʻt oʻchirish vositalari bilan taʼminlanganligini nazoratga olinishini tavsiya qiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring