Turkmaniston prezidenti oʻgʻlini vazir etib tayinladi

19:39 08 Fevral 2020 Siyosat
3342 0

7-fevral kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov oʻgʻli Serdar Berdimuhamedovni sanoat va qurilish vaziri etib tayinladi. Bu haqda “Xroniki Turkmenistana” xabar berdi.

Prezident farmoni bilan kichik Berdimuhamedov 2019-yilning iyunidan beri egallab kelayotgan Axal viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.

Serdar rahbarligi ostida Axal viloyati Turkmanistonning birinchi raqamli hududiga aylandi, shuningdek, 2019-yilgi paxta mavsumida rejani birinchi boʻlib bajardi.

Bunga qadar Serdar Berdimuhamedov Axal viloyati hokimi oʻrinbosari, tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. Shuningdek, u Turkmaniston parlamenti deputati ham hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер