Milliy sertifikat imtihoni natijalari eʼlon qilinmoqda

Talabgorlar oʻz natijalarini “my.gov.uz” saytining “Mening arizalarim” boʻlimi orqali bilib olishlari mumkin.

19:50 10.03.2026
Poytaxtda fuqaro oʻz tanishini doʻpposladi

Hodisa oqibatida jabrlanuvchi tan jarohati olgan. . Gumonlanuvchi esa protsessual tartibda ushlangan.

18:54 10.03.2026
Shavkat Mirziyoyev qishloq va suv xoʻjaligi uchun muhandis kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Suv resurslari sohasida diplomat kadrlarni tayyorlash muhim strategik vazifalardan biri ekani taʼkidlandi.

18:26 10.03.2026
11-mart kuni qaysi hududlarda qor yogʻishi aytildi

“Oʻzgidromet” 11-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini eʼlon qildi.

17:56 10.03.2026
“Paxtakor” va “Navbahor”da rejalar yoʻq, “Sevinch”da moliyaviy masalalar

Ayollar futbolida jiddiy muammolar paydo boʻlmoqda

16:30 10.03.2026
Ish bilan bandlik kambagʻallikni yoʻq qiladimi?

Kambagʻallikka qarshi kurash — bu faqat ijtimoiy yordam emas. U iqtisodiy siyosat, mehnat bozori, tadbirkorlik muhiti va inson salohiyati bilan bogʻliq murakkab jarayondir.

16:19 10.03.2026
Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi

Markaziy bank xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 11-mart kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.

16:18 10.03.2026
Xose Mariya Mendes Oʻzbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi boʻldi

Uning qoʻl ostida Oʻzbekiston futzal terma jamoasi ilk bor Jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan edi.

16:12 10.03.2026
Nukusdagi “Isbilermenler aymagʻi“ mahallasi obod mahallaga aylanadi

Yurtimizda hurmatli Prezidentimizning topshirigʻi bilan xalqimizni qiynab kelgan masalalarga yechim topish, ularning maishiy, infratuzilma bilan bogʻliq muammolarini bartaraf etish boʻyicha ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

16:05 10.03.2026
Tergov-hibsxonadagi ayollarga bayram sovgʻalari ulashildi

Mamlakatimizdagi barcha korxona va tashkilotlar, mehnat jamoalarida boʻlgani singari, Qarshi shahridagi 5-sonli tergov-hibsxonasida ham 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

15:59 10.03.2026
MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrugʻi bilan Ochilov Xurshid Nomozovich Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktorining oʻrinbosari – Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

15:43 10.03.2026
OTMlar hamkorligi istiqbollari

Navoiy davlat universiteti hamda Al-Forobiy nomidagi Qozogʻiston milliy universiteti oʻrtasida hamkorlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

15:28 10.03.2026
Uchtepalik yoshlar koreys tilini ham oʻrganishadi

Norin tumanining Uchtepa mahallasida yashovchi Jahongir Toʻxtasinov bundan ikki yil avval Janubiy Koreyaning Pusan shahridagi DongSo universitetini biznes menejer yoʻnalishi boʻyicha tugallab kelgan edi.

15:25 10.03.2026
Margʻilonda ish boshlagan zamonaviy shifo maskanida 100 ta yangi ish oʻrni yaratildi

Margʻilon shahrida yangi koʻp tarmoqli klinika foydalanishga topshirildi.

15:10 10.03.2026
Samarqandda Zulfiya mukofoti sovrindori Latofat Amirovaga uy topshirildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, mamlakatimizning bir guruh faol va tashabbuskor xotin-qizlari nufuzli mukofot bilan taqdirlandi.

15:05 10.03.2026
Samarqandda ham xotin-qizlar bayrami keng nishonlandi

Har yili 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mamlakatimizda turli sohalarning ilgʻor xotin-qizlariga alohida ehtirom koʻrsatilib, eʼzozlanadi.

15:02 10.03.2026
Harakat ishtirokchilari uchun yana bir qulaylik

Andijon shahrining eng gavjum va harakat juda zich boʻlgan hududlaridan biri Boburshoh koʻchasida yer usti piyodalar oʻtish koʻprigi qurilishi boshlandi.

14:51 10.03.2026
Kitobxon oila-millat kelajagi

Namanganda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oʻtkazilayotgan “Yosh kitobxon oila” respublika tanlovining yakunlovchi bosqichi boʻlib oʻtdi.

14:33 10.03.2026
Namanganda eng ilgʻor tarbiyachilar aniqlandi

Viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tomonidan “Pedagog mahorati-millat kelajagi” shiori ostida oʻtkazilgan “Ilgʻor tarbiyachi” tanlovi yakuniy natijalari eʼlon qilindi.

14:21 10.03.2026

Yangiliklar taqvimi

Кластер