Samarqandda Zulfiya mukofoti sovrindori Latofat Amirovaga uy topshirildi

15:05 10 Mart 2026 Jamiyat
243 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, mamlakatimizning bir guruh faol va tashabbuskor xotin-qizlari nufuzli mukofot bilan taqdirlandi.

Ular orasida Qashqadaryo viloyati Koson tumanida yashovchi iqtidorli shoira Latofat Amirova ham bor.

Yosh ijodkorning isteʼdodi va ijodiy yutuqlari yuksak eʼtirof etilib, Prezident topshirigʻiga asosan unga Samarqand shahrining Qorasuv massividan ikki xonali, barcha sharoitlarga ega, mebellar bilan jihozlangan uy topshirildi.

Uy kalitini topshirish marosimida Samarqand viloyat hokimi Adiz Boboyev ishtirok etdi. Tadbir davomida hokim yosh shoira Latofat Amirovani erishgan yutuqlari bilan samimiy qutlab, unga oilaviy xotirjamlik, mustahkam baxt va kelgusidagi ijodiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Taʼkidlanishicha, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti yurtimizda iqtidorli, faol va tashabbuskor qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning ilm-fan, adabiyot, madaniyat va sanʼat sohalaridagi yutuqlarini ragʻbatlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер