Oʻzbekistonda rezident aviakompaniyalar soni 8 taga yetdi

2023-yilning birinchi yarim yili davomida “Uzbekistan Airways” AJ, “Qanot sharq”, “Panorama Airways” va “Humo Air” aviakompaniyalariga qoʻshimcha ravishda “Centrum air”, “Silk avia”, “Asia Union Airlines” va “Tashkent Air” aviakompaniyalari tashkil etilib, oʻz faoliyatini boshladi.

16:59 26.07.2023
Rossiyada ishlayotgan yurtdoshlarimizning 278 ming rubl ish haqi undirib berildi — Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Joriy yilning 17-iyul kuni 9 nafar yurtdoshimiz Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi negizidagi Mehnat migrantlarining murojaatlari bilan ishlash va ularga huquqiy koʻmaklashish markaziga oylik maoshini undirib berishda amaliy yordam soʻrab, murojaat qilgan.

16:54 26.07.2023
10 yoshli surxondaryolik oʻquvchi Ispaniyada boʻlib oʻtgan xalqaro tanlovda barchani hayratga solib, oltin medal sohibiga aylandi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov koʻmagida xalqaro tanlovida ishtirok etgan iqtidorli oʻquvchi oʻz ijrosi bilan barcha ishtirokchilar tahsiniga sazovor boʻldi.

16:51 26.07.2023
“Ombudsman maktabi”: aholining huquqiy savodxonligi va xabardorligini oshirishga qaratilgan

Respublika boʻylab aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” loyihasi amalga oshirilmoqda.

16:49 26.07.2023
Chilonzor tumanida “Ishga marhamat” mehnat yarmarkasi boʻlib oʻtdi

Yarmarkada fuqarolar mehnat qonunchiligi boʻyicha huquqiy maslahatlar olish imkoniga ega boʻldi. Bu kabi tadbirlar barcha tumanlarda davom etmoqda.

16:35 26.07.2023
Moratoriy talablari buzilmoqda — Bosh prokuratura

Holat yuzasidan Fargʻona viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi (Ekinzorlarni, oʻrmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa oʻsimliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

16:32 26.07.2023
Zarafshondagi 12-sonli JIEKga monitoring tashrifi amalga oshirildi

Joriy yilning 19-iyul kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili Shuhrat Djurayev Zarafshon shahridagi 12-sonli jazoni ijro etish koloniyasidagi sharoitlarni oʻrgandi.

16:01 26.07.2023
Energy Today: AQSHda energiya taqchilligi

Biz Angliyada energiya taqchilligi oʻsib borayotgani haqidagi xabarlarga oʻrganib qolganmiz, ammo ajablanarlisi shundaki, Qoʻshma Shtatlardan raqamlar bilan yangiliklar kamroq keladi va bugungi kunda u yerda vaziyat umuman yaxshi emas.

15:47 26.07.2023
Toshkent viloyatida voyaga yetmagan qiz birovning “SPARK”ni olib qochib YTHga uchradi

Jinoyat kodeksining normalariga koʻra, jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

15:39 26.07.2023
28-iyul – 8-avgust kunlari Xitoyning Chendu shahrida XXXI yozgi Universiada oʻyinlari boʻlib oʻtadi

Bugun ushbu oʻyinlarda ishtirok etadigan Oʻzbekiston delegatsiyasining asosiy qismi Xitoyga yoʻl oldi.

15:34 26.07.2023
Joriy yilda 948 486 nafar abituriyent test sinovida ishtirok etadi

2023-2024-oʻquv yili uchun OTMlarning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan abituriyentlar soni 948 486 nafarni tashkil etdi.

14:49 26.07.2023

Yangiliklar taqvimi

Кластер