Oʻzbekistonda rezident aviakompaniyalar soni 8 taga yetdi

16:59 26 Iyul 2023 Jamiyat
656 0

2023-yilning birinchi yarim yili davomida “Uzbekistan Airways” AJ, “Qanot sharq”, “Panorama Airways” va “Humo Air” aviakompaniyalariga qoʻshimcha ravishda “Centrum air”, “Silk avia”, “Asia Union Airlines” va “Tashkent Air” aviakompaniyalari tashkil etilib, oʻz faoliyatini boshladi.

2023-yil oʻtgan 6 oyi davomida yurtimizga “Uzbekistan Airways” AJ hamda yangi tashkil etilgan rezident aviakompaniyalar tomonidan 17 ta havo kemalari olib kelindi.

Bugungi kunda “Uzbekistan Airways” AJ, “Qanot sharq”, “Centrum Air”, “Silk Avia” hamda “Humo Air” aviakompaniyalari tomonidan mahalliy yoʻnalishlarida haftasiga 93 ta muntazam aviaqatnovlar bajarilmoqda.

IATA – 2023 yozgi mavsumida rezident va xorijiy aviakompaniyalarga haftasiga 697 ta chastotada xalqaro parvozlarni amalga oshirishga ruxsatnomalar taqdim etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер