Moratoriy talablari buzilmoqda — Bosh prokuratura

16:32 26 Iyul 2023 Jamiyat
516 0

Bosh prokuratura tomonidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan hamkorlikda Fargʻona viloyati hududida olib borilgan oʻrganishda, Norin-Fargʻona irrigatsiya tizimidagi Katta Andijon kanali qirgʻogʻida oʻsib turgan 1 213 tup daraxt joriy yilning yanvar-fevral oylarida “Bagʻdodmaxsussuvpudrat” MCHJ mansabdor shaxslari va boshqalar tomonidan qasddan kesib tashlanib, oʻsimlik dunyosiga 4,6 mlrd. soʻm zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Fargʻona viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi (Ekinzorlarni, oʻrmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa oʻsimliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер