Joriy yilda 948 486 nafar abituriyent test sinovida ishtirok etadi

14:49 26 Iyul 2023 Jamiyat
689 0

2023-2024-oʻquv yili uchun OTMlarning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan abituriyentlar soni 948 486 nafarni tashkil etdi.

Abituriyentlarning taʼlim tili boʻyicha taqsimoti:

— Oʻzbek tili  — 828 699 nafar;

— Rus tili  — 88 830 nafar;

— Qoraqalpoq tili  — 28 718 nafar;

— Boshqa tillar — 2 239 nafar.

Abituriyentlarning taʼlim shakllari boʻyicha taqsimoti (birinchi taʼlim yoʻnalishiga nisbatan):

Kunduzgi taʼlim shakli — 545 616 nafar;
Kechki taʼlim shakli — 22 867 nafar;
Sirtqi taʼlim shakli — 373 169 nafar;
Masofaviy taʼlim shakli — 6 834 nafar.

Eng koʻp abituriyent roʻyxatdan oʻtgan OTMlar (birinchi taʼlim yoʻnalishiga nisbatan):

Oʻzbekiston milliy universiteti — 33 721 nafar;
Toshkent davlat transport universiteti — 28 474 nafar;
Fargʻona davlat universiteti — 28 188 nafar;
Toshkent davlat pedagogika universiteti — 26 827 nafar;
Qarshi davlat universiteti — 26 640 nafar.

Eng koʻp abituriyent roʻyxatdan oʻtgan hududlar (doimiy yashash hududi boʻyicha):

Qashqadaryo viloyati — 112 242 nafar.
Samarqand viloyati — 105 805 nafar.
Fargʻona viloyati — 89 022 nafar.
Toshkent viloyati — 82 173 nafar.
Surxondaryo viloyati — 79 004 nafar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер