Shavkat Mirziyoyev Myanma rahbariga hamdardlik maktubi yoʻlladi

Davlatimiz rahbari ushbu ogʻir va musibatli damlarda halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga, shuningdek, Myanma xalqiga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohat olganlar tez fursatda sogʻayib ketishini tiladi.

23:51 29.03.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qozogʻiston Respublikasiga amaliy tashrifi yakunlandi

Olmaota xalqaro aeroportida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev kuzatib qoʻydi.

23:33 29.03.2025
Kiyev AQSHdan nodir resurslar boʻyicha kelishuvga oʻzgartirishlar kiritishni talab qilmoqda

​​​​​​​Qayd etilishicha, Ukraina kelishuv doirasida harbiy va iqtisodiy yordamni toʻliq qaytarishga majbur emas.

23:27 29.03.2025
Xorijiy hamkorlardan Ramazon hayiti munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda

Xorijiy hamkorlar Oʻzbekiston va uning koʻp millatli xalqiga tinchlik, farovonlik va ravnaq tilab, mamlakatimiz bilan doʻstlik munosabatlarini yanada mustahkamlash va oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga intilishini tasdiqlamoqda.

21:28 29.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston xalqiga Ramazon hayiti tabrigini yoʻlladi

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston xalqiga Ramazon hayiti tabrigini yoʻlladi

21:20 29.03.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari badiiy ko‘rgazma bilan tanishdilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Olmaota shahriga tashrifning madaniy dasturi doirasida Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan birgalikda Abilxon Kasteyev nomidagi Milliy san’at muzeyiga tashrif buyurdi.

20:39 29.03.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

Prezidentlar raqamlashtirish sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma IT mahsulotlarini yaratish, sun’iy intellekt va ilg‘or axborot texnologiyalari sohasidagi milliy strategiyalarni o‘zaro bog‘lash muhimligini ta’kidladilar.

20:18 29.03.2025
Myanma va Tailanddagi zilziladan jabrlanganlar orasida oʻzbekistonliklar bormi?

Oʻzbekistonning Bangkok shahridagi Bosh konsulxonasi maʼlumot berdi.

17:10 29.03.2025
“Oʻzgidromet” 30-mart kuni qanday ob-havo kuzatilishini maʼlum qildi

Respublikamizning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, ayrim tumanlarda biroz yogʻingarchilik boʻladi.

16:33 29.03.2025
Al-Xorazmiy nomidagi tabiiy fanlar olimpiadasining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi

Yakuniy natijalar bugun e’lon qilinadi, taqdirlash marosimi Nukus shahrida bo‘lib o‘tadi.

16:31 29.03.2025
Ostona shahridagi Milliy muzeyda o‘zbek tikuvchilik va kashtachilik san’atiga bag‘ishlangan ko‘rgazma bo‘lib o‘tmoqda

Ko‘rgazmada XIX-XX asrlarga oid nodir buyumlar, xususan, zardo‘zlik liboslari, so‘zanalar, milliy naqshli erkaklar va ayollar do‘ppilari, bezakli choyshablar, zargarlik buyumlari namoyish etilayotir.

15:39 29.03.2025
Oʻzbekiston va Qozogʻiston yetakchilarining norasmiy uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokida Oʻzbekiston-Qozogʻiston yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini izchil mustahkamlash masalalari atroflicha koʻrib chiqildi.

15:36 29.03.2025
Qozogʻistonda ota-ona qaramogʻisiz qolgan 10 nafar oʻzbekistonlik bolalar vatanga qaytarildi

Bolalar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar va Sogʻliqni saqlash vazirligi xodimlari hamrohligida Toshkent xalqaro aeroportida kutib olingan.

15:30 29.03.2025
Oʻzbekiston va Qozogʻiston yetakchilari “Medeu” togʻ-changʻi klasterini borib koʻrdilar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev “Medeu” togʻ-changʻi klasteriga tashrif buyurdilar.

13:37 29.03.2025

Yangiliklar taqvimi

Кластер