Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qozogʻiston Respublikasiga amaliy tashrifi yakunlandi
Oliy darajadagi tadbirlar dasturi doirasida Olmaota shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Qasim-Jomart Toqayev norasmiy uchrashuv oʻtkazib, ikki tomonlama, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qildilar.
Yetakchilar “Medeu” togʻ-changʻi klasteri faoliyati bilan tanishdilar, raqamli va sunʼiy intellekt texnologiyalari, ikki mamlakat atoqli musavvirlarining rangtasvir va grafika asarlari koʻrgazmalarini koʻzdan kechirdilar.
Olmaota xalqaro aeroportida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev kuzatib qoʻydi.
Davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ketdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring