10-yanvardan shaharlararo yoʻlovchi poyezdlar jadvaliga oʻzgartirishlar kiritiladi — “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ

Texnik sabablarga koʻra, 2024-yilning 10-yanvar kunidan boshlab ayrim shaharlararo yoʻlovchi poyezdlar jadvaliga oʻzgartirishlar kiritiladi.

17:43 09.01.2024
Kuchli chang boʻroni Buxoro aeroporti faoliyatini chekladi

Noqulay ob-havo sharoiti tufayli ikkita reys Samarqand va Navoiydagi muqobil aerodromlarga yoʻnaltirildi.

16:57 09.01.2024
Qoraqalpogʻistonda qum-shagʻal aralashmasini noqonuniy qazib olgan MCHJ aniqlandi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan oʻz vakolatlarini suiisteʼmol qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

16:55 09.01.2024
Para yengi atletika: 2024-yilgi xalqaro musobaqalar taqvimi eʼlon qilindi

Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasi (IPC) para yengil atletika boʻyicha 2024-yilgi musobaqalar taqvimini eʼlon qildi.

15:04 09.01.2024
Oʻzbekistonda kichik tadbirkorlik subyektlari soni 428 mingdan oshgan

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2023-yilning 1-dekabr holatiga faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) soni 428 396 tani tashkil etgan.

15:00 09.01.2024
Buyuklik va intellektual ilhom ramzi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida yurtimiz va xorijda taniqli boʻlgan fiziolog olim, “Doʻstlik” ordeni sohibi, oliy taʼlim aʼlochisi, akademik Bakriddin Zaripov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

10:39 09.01.2024
Osiyo chempionatida qatnashadigan ogʻir atletikachilar tarkibi maʼlum boʻldi

Xabaringiz bor, 2 — 10-fevral kunlari Toshkent ogʻir atletika boʻyicha navbatdagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi. Parij-2024 Olimpiadasi uchun yirik reyting ochkolarini taqdim etadigan ushbu turnirda qitʼamizning eng sara sportchilari gʻoliblik uchun bahs olib borishadi.

10:16 09.01.2024
Bolalarga moʻljallangan nosogʻlom oziq-ovqat mahsulotlari va energetiklar reklamasiga cheklovlar kuchaytiriladi

Mamlakatimizda maktabgacha va maktab taʼlim tizimida sogʻlom ovqatlanishni taʼminlash, bunda bolalar va yoshlar oʻrtasida semizlikni 30 foizga qisqartirish rejalashtirilmoqda.

09:59 09.01.2024
Adliya vazirligi: Majburiy talablar qisqartirilib, litsenziya va ruxsat berish tartibi soddalashtirilmoqda

Adliya vazirligi tomonidan qonunchilikdagi talablar, shu jumladan, litsenziya va ruxsat berish tizimini tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkazish orqali ishlab chiqilgan “Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni qabul qilindi.

09:15 09.01.2024
Tadbirkorlar tomonidan hisobotlarni topshirish tizimi soddalashtirildi

Davlat rahbarining 2023-yilning 18-avgust kuni tadbirkorlar bilan oʻtkazilgan “ochiq muloqot”da berilgan topshirigʻi ijrosini taʼminlash maqsadida Adliya vazirligi tomonidan tadbirkorlardan hisobot va statistik maʼlumotlarni talab qilish tizimining tartibga solish taʼsiri baholandi.

09:12 09.01.2024

Yangiliklar taqvimi

Кластер