“Ular AQSH va Venesueladan sotib olishadi” — Tramp Hindiston Rossiyadan neft sotib olishni toʻxtatishini aytdi

AQSH yetakchisining soʻzlariga koʻra, bu qadam goʻyoki Ukraina mojarosini tugatishga yordam beradi.

22:16 03.02.2026
Qashqadaryoda reabilitatsiya tizimida yangi yondashuv: tibbiy muolajalardan — kompleks ijtimoiy tiklanishga

Eʼtiborli jihati shundaki, bugun reabilitatsiya xizmatlari faqat tibbiy muolajalar bilan cheklanib qolmay, balki tibbiy boʻlmagan ijtimoiy reabilitatsiya yoʻnalishlarini ham qamrab olmoqda.

21:31 03.02.2026
Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-fevral kuni suv resurslaridan samarali foydalanishni taʼminlash hamda suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

20:56 03.02.2026
Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi parlamenti delegatsiyasi Oʻzbekistonga keldi

Shu bilan birga, koʻhna Samarqandning tarixiy va meʼmoriy obidalariga tashrif ham rejalashtirilgan.

19:40 03.02.2026
Urbanizatsiya va uy-joy qurilishidagi kelgusi vazifalar koʻrib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev urbanizatsiya va uy-joy qurilishida yangicha yondashuvlarni joriy etish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

19:16 03.02.2026
Oila institutini mustahkamlash va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash — davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash borasida 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2026-yildagi ustuvor vazifalar” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

19:14 03.02.2026
Oʻzbekiston eshak goʻshti import qiladimi?

Bu savolni dabdurustdan oʻrtaga tashlayotganimiz yoʻq. Bojxona qoʻmitasining goʻsht mahsulotlari importiga doir maʼlumotida xorijdan olib kelingan tovarlar roʻyxatida ot va eshak goʻshti ham turibdi-da!

18:53 03.02.2026
“Oddiy parol — xakerlar uchun ochiq eshik”: shaxsiy maʼlumotlarni qanday himoyalash kerak?

Ijtimoiy tarmoqlarda shaxsga doir maʼlumotlar xavfsizligi bilan bogʻliq xabarlar tobora koʻpaymoqda. Bu esa barchamizni yanada hushyor boʻlishga chorlaydi. Unutmang, raqamli dunyoda sizga tegishli maʼlumotlar — sizga tegishli mulk, uni himoya qilish esa, avvalo, oʻz qoʻlingizda.

18:34 03.02.2026
Olimlar butunlay koʻr odamning koʻrish qobiliyatini qisman tikladilar

U koʻrish asabining qaytarib boʻlmaydigan shikastlanishi tufayli koʻrish qobiliyatini butunlay yoʻqotgan edi.

16:09 03.02.2026
Pastdargʻom tumaniga ham yangi hokim tayinlandi

Pardayev Jamshid Arziyevich Samarqand viloyatining Pastdargʻom tumani hokimi etib tasdiqlandi.

13:50 03.02.2026
Ayrim elchixonalarda madaniyat va turizm masalalari boʻyicha maslahatchi lavozimi joriy etiladi

Ushbu lavozim xorijiy mamlakatlarda Oʻzbekistonning madaniyat va turizm sohalaridagi tashabbuslarini muvofiqlashtirish samaradorligini oshirish maqsadida joriy etilgan.

13:35 03.02.2026
Barqaror elektr taʼminoti: mamlakatimizda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 85 mlrd. kilovatt-soatga yetkazildi

Aholi turmush sharoiti yaxshilanib, nufusining ortib borishi yoqilgʻi-energiya resurslari, xususan, elektr energiyasiga boʻlgan talabni ham oshiradi.

13:23 03.02.2026
Eronda qiyin ahvolda qolgan oʻzbekistonlik Vatanga qaytarildi

Oʻzbekiston fuqarosi hujjatlar bilan bogʻliq muammo va ogʻir moliyaviy ahvol tufayli diplomatik vakolatxonaga murojaat qilgan.

13:16 03.02.2026
Millionlab oʻzbekistonlikning shaxsiy maʼlumotlari tarqalib ketdi

Kiberxavfsizlik markazi tomonidan va Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirining rasmiy sahifasida bu boʻyicha munosabat bildirildi.

12:57 03.02.2026
“Navoiyuran” davlat korxonasida ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va 2026-yil ustuvor vazifalari muhokama qilindi

Belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida “Navoiyuran” davlat korxonasi bir qator rivojlangan mamlakatlarning yirik kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyib, ishlab chiqarish samaradorligini yildan yilga oshirib kelmoqda.

11:58 03.02.2026
Dangʻara tumanida elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha yangi sanoat korxonasi ish boshladi

Istiqbolli loyiha doirasida jami 30 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish rejalashtirilgan boʻlib, uning birinchi bosqichidayoq 50 ta doimiy ish oʻrni yaratildi.

11:44 03.02.2026
AQSH va Yevropa Ukrainada tinchlikning buzilishiga “harbiy javob” beradi

Gʻarb kuchlari birinchi sulh buzilishidan 72 soat oʻtgach harakatni boshlaydi.

11:41 03.02.2026

Yangiliklar taqvimi

Кластер