Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi parlamenti delegatsiyasi Oʻzbekistonga keldi
Bugun, 3-fevral kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayevaning taklifiga binoan Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi parlamenti Majlisi al-Aʼyan Raisi Faysal Akif al-Fayez boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan keldi.
Mehmonlarni Toshkent xalqaro aeroportida Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi A. Agzamxodjayev kutib oldi.
Tashrif doirasida Iordaniya delegatsiyasi aʼzolari “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga tashrif buyurib, Mustaqillik monumentiga gulchambar qoʻyish marosimida ishtirok etadi.
Shuningdek, tashrif davomida Faysal Akif al-Fayez boshchiligidagi delegatsiyaning Oliy Majlis palatalari rahbarlari bilan uchrashuvlari oʻtkazilishi va ikki mamlakat oʻrtasidagi parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinishi koʻzda tutilgan.
Shu bilan birga, koʻhna Samarqandning tarixiy va meʼmoriy obidalariga tashrif ham rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring