Eronda qiyin ahvolda qolgan oʻzbekistonlik Vatanga qaytarildi
Foto: “Dunyo”
Eron hududida ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan Oʻzbekiston fuqarosi Vatanga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston fuqarosi hujjatlar bilan bogʻliq muammo va ogʻir moliyaviy ahvol tufayli diplomatik vakolatxonaga murojaat qilgan. Shundan soʻng elchixona xodimlari zudlik bilan uning qaytarilishini tashkil etish boʻyicha zarur choralarni koʻrgan.
Eron rasmiylari bilan hamkorlikda xorijga chiqish vizasi rasmiylashtirilgan. Eronning “Zagros Air” aviakompaniyasi bilan muzokaralar oʻtkazilib, natijasi boʻyicha Tehron–Toshkent toʻgʻridan-toʻgʻri reysi uchun aviachipta imtiyozli shartlarda sotib olingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring