Kelgusi yil inson kapitalini rivojlantirish uchun qariyb 103 trillion soʻm yoʻnaltirish moʻljallanmoqda

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida ijtimoiy sohalarni rivojlantirish ustuvor vazifa etib belgilangan.

12:49 08.11.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boshlandi

Majlisda «2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda konseptual jihatdan koʻrib chiqilmoqda.

11:42 08.11.2023
Prezident Farmoni (PF–188-son, 07.11.2023-y.) bilan ayrim qonunchilik hujjatlarini yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish boʻyicha oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

Sudyalar oliy kengashi raisi va aʼzolarini, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorini hamda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisini Prezidentning taqdimiga binoan Oliy Majlis Senati tomonidan saylash tartibi belgilandi.

11:36 08.11.2023
Oʻzbekiston OTMlari QS reyting agentligi sammitida qatnashmoqda

Shuningdek, mazkur sammit doirasida “QS Quacquarelli Symonds” xalqaro reyting agentligi tomonidan “QS Dunyo universitetlari reytingi: Osiyo 2024” reytingini eʼlon qilish kutilmoqda.

16:31 07.11.2023
Favqulodda vaziyatlar vazirligiga portlash xavfi yuqori kimyoviy moddalarni saqlash talablarini nazorat qilish vazifasi yuklandi

“Yonish va portlash xavfi yuqori boʻlgan kimyoviy moddalar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-357-son, 06.11.2023-y.) qabul qilindi.

11:38 07.11.2023
Taʼlim va sogʻliqni saqlashga qancha mablagʻ yoʻnaltirilmoqda?

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Adolat” SDP fraksiyasi yigʻilishida dastlab 2022 – 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2023-yil toʻqqiz oyi yakuni boʻyicha bajarilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisoboti muhokama qilindi.

21:35 06.11.2023
Deputatlar 2024-yil uchun davlat byudjeti loyihasini koʻrib chiqdilar

Joriy yilning 6-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OʻzLiDeP fraksiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda deputatlar dastlab «2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi qonun loyihasini birinchi oʻqishda koʻrib chiqdilar.

19:33 06.11.2023
Fransuz tili darsliklari yurtimiz umumtaʼlim maktablarida joriy qilinmoqda

Trening jarayonlari joriy yilning 8-noyabriga qadar davom etadi.

16:04 06.11.2023
Ajratilayotgan mablagʻlar kam daromadli oilalarning turmush tarzini yaxshilashga xizmat qiladi

Bugun, 6-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Kun tartibdan ikkita — Davlat dasturining 9 oylik hisoboti va 2024-yil uchun Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi masala oʻrin olgan.

15:47 06.11.2023
Oʻzbekistonda ilk bor ikki xalqaro toʻqimachilik tashkilotlarining konferensiyalari tashkil etiladi

Ushbu keng koʻlamli tadbir jahon toʻqimachilik sanoatining 1000 dan ortiq yirik ishtirokchilarini Oʻzbekistonda jamlaydi.

15:46 06.11.2023
Qonun loyihasi nega tortishuvlarga sabab boʻldi?

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining yigʻilishida “2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi”gi qonun loyihasi partiya maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda koʻrib chiqildi.

15:20 06.11.2023
Fraksiyada Davlat dasturining ijrosi yuzasidan Hukumatning hisoboti eshitildi

2023-yil 6-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

15:11 06.11.2023

Yangiliklar taqvimi

Кластер