Oʻzbekistonda pedofiliya uchun umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanishi rejalashtirilmoqda

Prezident farmoni loyihasida ayollar va bolalarga nisbatan zoʻravonlikning barcha koʻrinishlariga barham berish, bu borada jamiyatda murosasiz muhitni shakllantirishga qaratilgan yangi chora-tadbirlar belgilanmoqda.

16:33 24.01.2026
Saudiya Arabistonining Oʻzbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov podshohlik diplomatidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi.

15:26 24.01.2026
Oʻzbekistonda 30 yoshdan oshganlar yilda bir marta yurak tekshiruvidan oʻtkaziladi

2026-yil 1-maydan xalqaro dasturlar asosida ishlab chiqilgan Infarkt va insultga qarshi kurashish milliy dasturi hududlarda bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etiladi.

13:50 24.01.2026
Suvni asrab, tabiatni yashnatib

​​​​​​​Takomillashayotgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi boʻyicha oʻtkazilgan matbuot anjumaning bu galgisi xuddi shu mavzuda oʻtdi. Xoʻsh, yangilanayotgan strategiyada qanday kelajak koʻzlanmoqda? Shu kabi savollarga tadbirda masʼullar atroflicha javob berishdi.

19:39 23.01.2026
Shahrisabzda fuqaroning “Damas”idan 408 dona qalbaki alkogol topildi

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.

19:32 23.01.2026
Endi hokimlar mahalladagi yordamchicini oʻzi lavozimga tayinlaydi va ishdan oladi

Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida qayd etilishicha, bundan buyon hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi mahalla raisi taqdimnomasi asosida tuman hokimi tomonidan lavozimga tayinlanadi va ishdan olinadi.

18:17 23.01.2026
Chegara va anklav hududda joylashgan mahallalardagi tadbirkorlik loyihalarining kredit miqdori oshiriladi

Buning uchun joriy yilda oilaviy tadbirkorlik dasturlariga reja qilingan 3,6 trillion soʻmga qoʻshimcha yana 2 trillion soʻm resurs yoʻnaltirilishi belgilandi.

17:23 23.01.2026
Sertifikati bor koʻchatlar xarajatining yarmi byudjetdan qoplanadi

Shuningdek, tomorqasiga tomchilab sugʻorishni joriy qilganlarga har 1 sotix uchun 160 ming soʻm kompensatsiya toʻlanadi.

17:11 23.01.2026
“Metallurg” qaddi qayta tiklandi

“Metallurg” futbol klubi rasmiy ravishda qayta tashkil etildi.

16:52 23.01.2026
“Agar kelishuvga erishmasalar, ikkalasi ham ahmoq” — Tramp

Ukrainadagi urushni tugatish masalasida Ukraina, AQSH va Rossiya vakillari 23-yanvar kuni Birlashgan Arab Amirliklarida, Abu-Dabida uchrashuv oʻtkazadi.

16:47 23.01.2026
Viloyatlarga infratuzilmani yaxshilash uchun 20 trln soʻm ajratiladi

Mazkur mablagʻlarning 12 trillion soʻmi “ogʻir” tuman va mahallalarga yoʻnaltirilishi belgilandi.

16:44 23.01.2026
Oʻzbekistonda bir yilda 366 ming oila kambagʻallikdan chiqdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambagʻallikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha 2026-yildagi asosiy vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boshlandi.

16:22 23.01.2026
Sirdaryo delegatsiyasi Tokio shahrida keng koʻlamli va samarali ishbilarmonlik muloqotlari oʻtkazmoqda

Uchrashuvlar davomida qishloq xoʻjaligi, farmatsevtika, savdo-logistika va xizmatlar sohalarida istiqbolli hamkorlik yoʻnalishlari atroflicha muhokama qilindi.

16:14 23.01.2026
Termiz shahridagi Prezident maktabi xalqaro eʼtirofga sazovor boʻldi

Termiz shahridagi Prezident maktabi nufuzli Xalqaro maktablar kengashi (CIS) aʼzoligiga qabul qilindi.

16:06 23.01.2026
Prezident Olmazor tumani Xastimom mahallasidagi obyektlar faoliyati bilan tanishdi

Davlatimiz rahbari yangilangan koʻcha boʻylab yurar ekan, milliy meʼmoriy uslubda taʼmirlangan xonadonlar, obod koʻchalar va aholi uchun yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdi. Shu yerda istiqomat qilayotgan oilalar, turistlar, hunarmandlar bilan samimiy suhbatlashdi.

15:34 23.01.2026
Axborot xizmati rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi belgilandi

Unga koʻra talabgor Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazida har 3-yilda 1 marotaba attestatsiyadan oʻtishi shart.

14:53 23.01.2026

Yangiliklar taqvimi

Кластер