Oʻzbekistonda 30 yoshdan oshganlar yilda bir marta yurak tekshiruvidan oʻtkaziladi
Illyustrativ foto
Joriy yilning 20-yanvar kuni Prezidentning “Oʻtkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarning oldini olish chora-tadbirlarini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (PQ–20-son) qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2026-yil 1-maydan xalqaro dasturlar (“Stent for Life” va “Action Plan for Stroke”) asosida ishlab chiqilgan Infarkt va insultga qarshi kurashish milliy dasturi (Milliy dastur) hududlarda bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etiladi.
Milliy dastur doirasida quyidagilarni nazarda tutuvchi tizim joriy qilinadi, jumladan:
• birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida oʻtkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarni barvaqt aniqlash maqsadida 30 yoshdan oshgan aholi oʻrtasida yiliga 1-marta maqsadli tibbiy tekshiruvlar oʻtkaziladi;
• tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon tomir kasalliklari markazlarida tun-u kun faoliyat yurituvchi infarkt va insult brigadalari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
• xalqaro standartlar asosida bemorlarning klinik marshrutlari (clinical pathways) ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi;
• tez tibbiy yordam brigadalari sunʼiy intellekt yordamida tahlil qilish imkoniyatiga ega telemetrik elektrokardiograf hamda monitorli defibrillyatorlar bilan taʼminlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring