Termiz shahridagi Prezident maktabi xalqaro eʼtirofga sazovor boʻldi
Termiz shahridagi Prezident maktabi nufuzli Xalqaro maktablar kengashi (CIS) aʼzoligiga qabul qilindi. Ushbu xalqaro eʼtirof taʼlim muassasasida oʻquv jarayonlari jahon taʼlim standartlariga toʻliq mos ekanini tasdiqlaydi.
CIS aʼzoligi Prezident maktabi oʻquvchilari va bitiruvchilari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Xususan, ular dunyoning yetakchi TOP universitetlarida toʻliq grant asosida tahsil olish imkoniyatini kengaytiradi.
Mazkur yutuq viloyatda zamonaviy, raqobatbardosh va sifatli taʼlim tizimini rivojlantirish yoʻlida qoʻyilgan muhim qadam sifatida eʼtirof etilmoqda.
Farhod ESONOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring