JSST yurtimizda tibbiyot transformatsiyasi uchun yaqindan koʻmak berishga tayyor
Bugun Sogʻliqni saqlash vazirligida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqaviy byurosining Yevropa mamlakatlarida siyosat va sogʻliqni saqlash boʻlimi direktori Natasha Azzopardi Muskat boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Muloqot avvalida vazir Amrillo Inoyatov koronavirus pandemiyasi davrida JSSTning Oʻzbekistonga koʻrsatgan beqiyos yordami uchun minnatdorlik bildirib, ayniqsa, tashkilot tomonidan kasallikni davolash boʻyicha ishlab chiqilgan tavsiyalar yurtimizda minglab insonlar hayotini saqlab qolish imkoni berganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Shuningdek, tashkilot koʻmagida mamlakatimizga keltirilgan SOVID-19 ga qarshi vaksina, tibbiy jihoz va preparatlar pandemiyani jilovlashda katta samara bermoqda.
Muloqot davomida Natasha Azzopardi Muskat Oʻzbekistonga ilk safari taassurotlarga boy kechayotgani, mamlakatimizda sohani transformatsiya qilish uchun JSST yaqindan yordam koʻrsatishga tayyor ekanligini taʼkidladi.
Uchrashuvda aholi salomatligini taʼminlashga doir qator yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring