JSST rahbari “COVID-19”ning yanada xavfli shtammi haqida gapirdi
Foto: Коммерсантъ
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Gebreyesus “COVID-19”ning yanada xavfli shtammi ehtimoli haqida gapirdi.
Uning taʼkidlashicha, ayni paytda koronavirusning yanada yuqumli, xavfli varianti paydo boʻlishi uchun ideal sharoitlar mavjud.
JSST rahbarining aytishicha, ayrim mamlakatlarda emlashning keng qamrovi, koronavirusning «Omikron» shtammida kasallikning nisbatan yengilroq kechayotgani kabi faktlar pandemiya tugagani haqida “xavfli rivoyat” paydo boʻlishiga olib keldi. Shu bilan birga, Gebreyesus dunyoda har haftada 70 mingga yaqin odam “COVID-19”dan vafot etayotganini, sogʻliqni saqlash tizimlari yuklama bilan ishlayotgani bois, virus evolyutsiyasini kuzatish uchun kuch yetarli emasligini eslatib oʻtdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring