Joriy yilning 15 — 17-iyun kunlari kutilayotgan yomgʻirlar yogʻishi sababli Fargʻona vodiysining togʻ oldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin

10:45 15 Iyun 2022 Jamiyat
470 0

Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan maʼlumotga koʻra, joriy yilning 15 — 17-iyun kunlari kutilayotgan yomgʻirlar yogʻishi sababli Fargʻona vodiysining togʻ oldi va togʻli hududlarida:

Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida;

Fargʻona viloyati: Soʻx, Fargʻona, Beshariq tumanlarida;

Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Shu munosabat bilan FVV togʻli va togʻoldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrish boʻyicha ogohlantiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер