2020-yilda 42 nafar jurnalist professional faoliyatini bajarayotgan paytda oʻldirilgan
2020-yilda dunyo boʻylab 42 jurnalist oʻz xizmat vazifasini bajarish paytida oʻldirilgan.
Bu haqda Xalqaro jurnalistlar federatsiyasining yillik hisobotida maʼlum qilindi. Bundan tashqari, 235 jurnalist professional faoliyati uchun hibsga olingan.
Jurnalistlar eng koʻp oʻldiriladigan mamlakatlar roʻyxatida soʻnggi 5 yil ichida toʻrtinchi bor Meksika yetakchilik qilmoqda. Ushbu mamlakatda bu yil 13 nafar jurnalist oʻldirilgan. Yil davomida Pokiston, Afgʻoniston, Hindiston, Iroq va Nigeriyada bunday holatlar oshgani koʻrsatilgan. Qayd etilishicha, soʻnggi 30 yil ichida dunyo boʻylab 2658 jurnalist oʻldirilgan.
Kecha Afgʻonistonda ikki kunda ikki nafar jurnalistning sirli oʻlimi haqida xabar bergan edik.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring