Joriy yilda “daftarlar”ga kirgan kamida 5 mingta oila suv isitish qurilmasi bilan taʼminlanadi
Foto: president.uz
Prezident raisligida qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni kengaytirish boʻyicha ustuvor vazifalarga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Muqobil energiya uskunalarini oʻrnatish istagida boʻlgan aholi va tadbirkorlar bu imkoniyatlardan foydalanishi uchun biron-bir idoraga borishga majbur boʻlmaydi. Barcha hujjatlar uskuna xarid qilinadigan joyning oʻzida hal boʻladi.
Buning uchun:
— jamgʻarma mahalliy ishlab chiqaruvchilar hamda hududlardagi sotuvchilar bilan hamkorlik shartnomalarini tuzadi;
— ishlab chiqaruvchilarning aholi va tadbirkorlarga uskunalarni boʻlib-boʻlib toʻlashga berish xarajatlari jamgʻarma tomonidan qoplab beriladi;
— jamgʻarmaga 100 mlrd soʻm ajratiladi, ishlatishiga qarab yil yakuniga qadar yana 100 mlrd soʻm beriladi;
— jamgʻarmaning elektron portali ishga tushirilib, barcha jarayonlar toʻliq raqamlashtiriladi.
Mutasaddilarga tizimni 1-sentyabrdan amaliyotga joriy qilish topshirildi.
Viloyat hokimlari oldiga joriy yilda “daftarlar”ga kirgan kamida 5 mingta oilani, kelgusi yilda yana 10 mingtasini suv isitish qurilmasi bilan taʼminlash choralarini koʻrish vazifasi qoʻyildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring