Jomboy tumaniga yangi hokim tayinlandi
Bugun, 26-fevral kuni xalq deputatlari Jomboy tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Sessiya ishida viloyat hokimligi vakillari, viloyat va tuman tashkilotlari rahbarlari hamda xalq deputatlari Jomboy tumani Kengashi deputatlari qatnashdi.
Deputatlar shu kunga qadar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan Nazarov Xurshid Aripovichni Jomboy tumani hokimi lavozimiga tasdiqlashdi.
Xurshid Nazarov 2020-yildan buyon ushbu lavozimda ishlab kelayotgan Qayum Sobirov oʻrnini egalladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring