Jo Bayden AQSHni zaiflashtirganlikda ayblanmoqda

17:27 26 Aprel 2023 Dunyo
778 0

Foto: Reuters

Jo Bayden prezidentligining uch yili davomida AQSH zaiflashgan va qashshoqlashgan. Xuddi shunday fikrlarni “Fox News” boshlovchisi Laura Ingram aytib oʻtdi.

Ingramning taʼkidlashicha, shunday sharoitda Oq uy rahbari rasman 2024 yilgi saylovlarda qayta saylanish uchun saylovoldi kampaniyasini boshlagan.

“Uch yil oldin koʻplab amerikaliklar Bayden hamma narsani normal holatga qaytarishiga umid qilib, unga ovoz berishgan. Ammo... zaifroq va qashshoqroq Amerika, bir falokatdan ikkinchisiga oʻtib ketmoqda… Amerikaliklar haqiqatan ham boshqa muddatni xohlaydimi?", deya savolni oʻrtaga tashlagan jurnalist.

Teleboshlovchining taʼkidlashicha, amerikaliklar Bayden prezidentligi uchun katta ulpon toʻlashdi. AQSH fuqarolari endi kam maosh olishmoqda, doʻkonlardagi narxlar qimmatlashgan, jinoyatchilik darajasi oshgan va davlat ancha zaif geosiyosiy mavqega ega.

“Ha, va korrupsiya. Va bu faqat boshlanishi. Narxlar Baydenning ikkinchi muddati davomida koʻtariladi”, deya qoʻshimcha qiladi Ingram.

Avvalroq, AQSH OAV Baydenning qayta saylanish niyati mamlakatning tanazzulga uchraganidan dalolat ekani haqida yozgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер