Jizzaxda yoshlarga mikroavtobus sovgʻa qilindi
Sharof Rashidov tumanidagi 1-sonli Musiqa va sanʼat maktabida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda yoshlarni qiynayotgan muammolar, ishsiz yoshlarni ish bilan taʼminlash, “Yoshlar daftari”ga kiritilganlarning bugungi kundagi holati keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi va mavjud kamchiliklarni qisqa vaqtda bartaraf etish boʻyicha ishtirokchilar va masʼullar kelishib olishdi.
Tadbirda 7 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarga nogironlik aravachalari berilgan boʻlsa, 2 nafar iqtidorli tashabbuskor yoshlarga noutbuklar sovgʻa qilindi. Oilaviy sharoiti ogʻir yoshlarning 5 nafarining shartnoma-toʻlov pullari toʻlanishi, tibbiy himoyaga muhtoj yoshlarning davolanishi uchun mablagʻlar ajratilishi belgilandi.
Shuningdek, tumandagi yoshlarning maʼnaviy-maʼrifiy dunyoqarashini yana-da yuksaltirish, joylarda yoshlar hamkorligini kuchaytirish hamda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimiga mikroavtobus kaliti topshirildi.
Tolibjon ERGASHEV
(“Xalq soʻzi”).
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring