Jizzaxda “Neksiya” yonib ketdi

16:24 23 Dekabr 2020 Jamiyat
1377 0

IIV YHXBB Axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda “Jizzaxda ”Neksiya“ rusumli avtomobil yonib ketdi” sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan maʼlumot berdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning 23-dekabr kuni soat 14:35 larda, Jizzax viloyati, Jizzax shahar, Mustaqillik va Sharof Rashidov koʻchalari kesishgan chorrahada, haydovchi, 1970-yilda tugʻilgan S.B. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomobilning salon qismida yongʻin yuzaga kelgan.

Yongʻin oʻt oʻchiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Yongʻin natijasida tan jarohati olganlar yoʻq. Avtomobilning salon qismi yongʻindan zararlangan.

Mazkur hodisa yuzasidan Jizzax shahar IIB YHXB va FVB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, yongʻin yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер