Jizzaxda koʻp qavatli uyning tomi qulab tushdi
Kuni kecha respublikamizning Jizzax hamda Navoiy viloyatlarida 18 — 23 m/s tezlikda kuchli shamol esdi. Buning natijasida ayrim aholi yashash xonadonlari va transport vositalariga zarar yetdi.
Kuchli shamol oqibatida Jizzax shahri Olmazor mahallasida joylashgan 1-koʻp qavatli uyning 300 kv. metr maydondagi tomi qulab tushdi. Hodisada, shu uy oldida boʻlgan «Lacetti» va «Cobalt» rusumli avtomobillarga texnik zarar yetgan. Undan tashqari Navoiy viloyati Uchquduq tumani Yoʻlchilar OFY, Doʻstlik MFY, Aytim MFY hududida joylashgan koʻp qavatli aholi yashash xonadonlarida ham shunday holatlar kuzatilgan. Jabrlanganlar yoʻq.
FVV axborot xizmatining xabar berishicha, ushbu holat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida 2 ta maxsus texnika va 16 nafar quqtaruvchi jalb etilgan. Ayni vaqtda voqea joyida zaruriy tadbirlar amalga oshirilib, ishlar davom etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring