Jizzaxda Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlikda elektromobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev jizzaxlik saylovchilar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
“Jizzaxda avtomobilsozlik klasteri faoliyati yo‘lga qo‘yilib, jami 700 million dollarlik investisiya kiritiladi.
Xususan, Xitoy kompaniyalari bilan:
— 80 million dollar investisiya hisobiga yiliga yana 50 mingta avtomobillar ishlab chiqarish boshlanadi;
— 130 million dollar investisiya hisobiga elektromobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi va kelgusi yillarda quvvati 300 ming donaga yetkaziladi.
Shuningdek, Koreyalik hamkorlar bilan birgalikda, 235 million dollarlik loyiha doirasida avtomobil ishlab chiqarish hajmi 200 ming donaga yetkaziladi”, – dedi nomzod.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring