Jizzaxda ichki ishlar xodimi oʻz koʻkragiga oʻq uzib, vafot etgani maʼlum qilindi
Jizzax viloyati prokuraturasi Doʻstlik tumanida ichki ishlar xodimi oʻzining koʻkragiga oʻq uzib, vafot etgani toʻgʻrisidagi maqola boʻyicha maʼlumot berdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea 2020-yil 29-avgust kuni soat taxminan 09:40 da sodir boʻlgan. Doʻstlik tuman ichki ishlar boʻlimi maʼmuriy binosining nazorat oʻtkazish punktida xizmatga jalb qilingan tuman ichki ishlar xodimi boʻlgan marhum Sh.B oʻziga biriktirilgan “Makarov” 7230-raqamli jangovar qurol bilan koʻkrak qismiga bir marotaba oʻq uzgan.
Tan jarohati olganligi sababli tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan. Tibbiyot birlashmasi xodimlari tomonidan koʻrsatilgan tez tibbiy yordamlarga qaramasdan, Sh.B. soat 10:30 da vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring