Jizzax viloyatida suriyalik jangarilar safiga qoʻshilishga uringan yigit ushlandi

02:27 12 Fevral 2022 Jamiyat
1194 0

Foto: Illustrativ foto

Jizzax viloyatida Suriyadagi jangarilar safiga qoʻshilishga uringan 21 yoshli yigit qoʻlga olindi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, Paxtakor tumanida yashovchi mahalliy fuqaro 2019-2021-yillarda xorijda ishlab, «Tavhid va jihod katibasi» xalqaro terrorchilik tashkiloti taʼsiriga tushib qolgan.

Jinoyatchi Oʻzbekistonga qaytgach, oʻnlab tengdoshlari orasida radikal gʻoyalarni faol ravishda tarqata boshlagan.

U Ichki ishlar boshqarmasi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qoʻlga olingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер