Jizzax viloyatida “Cobalt” avtobusga borib urildi
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida, 5-oktabr kuni “Cobalt” haydovchisi mashinani boshqarayotganida uxlab qolgan. Bu haqda viloyat yoʻl harakati xafvsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, 39 yoshli “Cobalt” haydovchisi mashinani boshqarayotgan vaqtda uxlab qolib, ketayotgan avtobusga borib urilgan.
Yoʻl-transport hodisasi oqibatida avtomobil haydovchisi tan jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan. Shuningdek, voqea joyida “Cobalt” salonida boʻlgan 2 yoʻlovchi halok boʻlgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring