Jizzax Politexnika instituti va Polshaning AGH Krakow universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

14:46 15 Aprel 2026 Ilm-fan
169 0

Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Polsha Respublikasi Fan va oliy taʼlim vazirligi oʻrtasida “Oʻzaro niyatlar toʻgʻrisidagi bayonot” (Letter of Intent) imzolandi.

Mazkur hujjat ikki davlat oʻrtasida oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan boʻlib, qoʻshma ilmiy markazlar tashkil etish, universitetlar oʻrtasida uzoq muddatli sheriklik aloqalarini yoʻlga qoʻyish, akademik mobillikni kengaytirish hamda Yevropa Ittifoqi dasturlari doirasida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish kabi ustuvor yoʻnalishlarni qamrab oladi.

Anjuman davomida 50 dan ortiq oʻzaro anglashuv memorandumlari va hamkorlik shartnomalarini imzolanishi rejalashtirilgan boʻlib, ushbu hujjatlar turli sohalarni qamrab olgan holda, qoʻshma taʼlim dasturlarini joriy etish, ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, xalqaro konferensiyalar tashkil etish hamda akademik almashinuv dasturlarini kengaytirishni nazarda tutadi.

Markaziy Osiyo-Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi doirasida Jizzax politexnika instituti va Polshaning AGH Krakow universiteti oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

- Mazkur memorandum ikki oliy taʼlim muassasasi oʻrtasida taʼlim, ilmiy-tadqiqot, “yashil” texnologiyalari sohalarida qoʻshma tadqiqotlar, sunʼiy intellekt va innovatsion faoliyat yoʻnalishlarida hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi, — deydi Jizzax politexnika instituti rektori Alisher Usmankulov. — Shuningdek, professor-oʻqituvchilar va talabalar almashinuvi, qoʻshma ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda tajriba almashish imkoniyatlari yaratilinadi hamda hamkorlik istiqbolda xalqaro aloqalarni mustahkamlash va taʼlim sifatini oshirishga muhim hissa qoʻshadi.

Tolibjon ERGASHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?