Jizzax fuqaroni AQSHga yuborish evaziga 6 ming dollar olgan shaxs ushlandi

14:20 18 Dekabr 2024 Jamiyat
377 0

Foto: Prokuratura departamenti

Jizzax viloyatida AQSHga ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Jizzax shahri Alisher Navoiy MFY hududida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.S. fuqaro S.G.ni ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida AQSHga ishga yuborishi evaziga 6 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasdan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер