Jinoyat qanday yuzaga keladi?

15:41 13 Aprel 2023 Jamiyat
834 0

Illyustrativ foto

Har qanday davlatda, har qanday jamiyatda ozmi-ko‘pmi jinoyatchilik uchrab turadi. Uning oqibati juda xavfli bo‘lganligi bois ham oldini olish va qarshi kurashish borasida tegishli idoralar faoliyati tashkil etilgan. Huquqni muhofaza qiluvchi mas’ullar asosiy e’tiborini qonunbuzarlikning oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratadilar va shuning uchun ham bu kabi hodisalar rivoji to‘sqinligiga erishilmoqda. Biroq, bir dona jinoyatchilik bo‘lsa ham, xulosa qilish mumkinki, u ko‘pdir! Shunday ekan, bu boradagi taxlillar va xulosalar ham har doim kunning muhim masalasi hisoblanmog‘i kerak.

Jinoyatlarni sodir etish ko‘p xollarda shaxsning ruxiy va individual holatidan kelib chiqadi. Ya’ni, insonlarni huquqbuzarlik sodir yetishga turtki beruvchi omillar bevosita shaxsning xatti-harakatlari hamda kechinmalariga bog‘liq. Biroq shaxslar tomonidan jinoyat qilinishini boshqa ta’sirlar ham uchrab turishi ayrim kriminolog olimlarning nazariyalarida ko‘rishimiz mumkin. Masalan, biologik moyillik va tashqi muhitning ta’siri haqidagi g‘oyalarni o‘zida mujassam yetgan insonning jinoiy xatti-harakatining eng ta’sirli nazariyalaridan biri taniqli psixolog Xans Eyzenkka tegishli. Uning fikriga ko‘ra, jinoiy xatti-harakatlar ruhiy kasalliklarga o‘xshash tarzda sodir bo‘lib, genetik moyillikda ifodalanadi, u yesa ijtimoiy rag‘batlarning ta’sirini kuchaytiradi. Irsiy kognitiv nuqsonlar insonning tashqi vaziyatlarni, ayniqsa qonunni buzish mumkin bo‘lgan vaziyatlarni samarali yengish qobiliyatiga ta’sir qiladi. Kambag‘al ijtimoiy sharoitlar, sosializasiya jarayonidagi nuqsonlar va ijtimoiylashuv zarurligini tushunmaslik o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir jinoyatchining shaxsini yaratadi. 

Ch.Lombroso (1835-1909) tarixga birinchi navbatda nazariyaning muallifi sifatida kirdi. U o‘z asarlarida 19-asrning oxirida odam jinoyatchi bo‘lib tug‘ilishini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozgan. Ellik yil o‘tib, akademik G.S.Popov ham huddi shunday paradigmaga duch keladi. U eksperimental tadqiqot institutida ishlab, aynan shunday xulosaga keladi: “Bizning har birimiz Yer sayyorasida tug‘ilganimiz uchun, avvalambor, jinoyatchi bo‘lib tug‘ilganmiz”. Chezaro Lombrosoning ta’kidlashicha esa huquqiy me’yorlarni buzuvchilar g‘ayritabiiy jismoniy, psixologik tashkilotga mansub kishilar, alohida zotga mansub kishilardir. Jinoyat esa ularning tug‘ma xususiyatlarining oqibatidir. Undan tashqari ko‘p hollarda jinoyatga undovchi ichki kechinmalar bevosita shaxs egallagan bilim va ko‘nikmalariga, oilasidan, jamiyatdan olgan tarbiyasiga hamda o‘zidagi maxsus xususiyatlardan kelib chiqadi. Masalan, ayrim shaxslarda o‘g‘irlik jinoyati sodir yetishga mayl tug‘ma bo‘lib, bu shaxsni qayerda bo‘lmasin birovning mulkini sezdirmagan holda olib qo‘yish instinkti qo‘zg‘ayveradi. Lombrazzo bu holatni tug‘ma deb baholab, shaxsdagi ushbu xulq-atvor uning qaysidir qarindoshidan o‘tgan bo‘lishini, ya’ni ko‘pincha jinoyatchi ota-onaning farzandlari ham jinoyat ko‘chasiga kirib kelishlari boshqalardan ko‘ra ancha osonroq bo‘lishini ta’kidlaydi. 

Ammomorfologik asoslarga ko‘ra, tashqi ko‘rinishga, geografiyaga (inson qanday muhitda tug‘ilgan) qarab, ba’zi oddiy tushunchalarga ko‘ra, jinoyatchining tabiatini o‘rganishning mashaqqatli yo‘li ana shu bosqichlardan boshlangan. Bu haqda "Jinoyatchi odam" kitobida batafsilroq tasvirlangan va u iqlim sharoiti, geografik sharoitlar, davlat asoslari, qonun va boshqa ko‘plab tashqi omillar insonga va uning harakatlariga qanday ta’sir qilishini o‘rganishning statistik ma’lumotlarini chizgan va ilova qilgan. Jumladan, yilning qaysi faslida qaysi jinoyatchilar ko‘p bo‘lishini va davlatning qaysi hududlarida jinoyatlar ko‘p sodir bo‘lishini ma’lum qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер