Jinoyat kodeksi jazoni keskinlashtiruvchi moddalar bilan toʻldirilmoqda

17:10 23 Mart 2023 Siyosat
771 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boshlandi. Majlisda “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda moddama-modda koʻrib chiqilyapti.

Taʼkidlanganidek, mamlakatimizda xotin-qizlarning huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish, bolalar huquq va erkinliklarini taʼminlash ustuvor maqsadlardan biri sifatida belgilangan. Lekin bugungi kunda huquqni qoʻllash amaliyotida xotin-qizlar va bolalarning huquqlari, erkinliklarini hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishda qator muammolar koʻzga tashlanmoqda.

Ushbu hujjat xotin-qizlar va bolalarga zoʻravonlikning oldini olish, oila institutini mustahkamlash, oilalardagi maʼnaviy-ahloqiy muhitni yaxshilashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. 

Qonun loyihasi bilan qator kodeks va qonunlarga oʻzgartirishlar kiritilayotgan boʻlib, xususan, Jinoyat kodeksi jazoni keskinlashtiruvchi moddalar bilan toʻldirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер